Qozog‘iston klubi "Barselona" sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

  • 02.02.2026 17:09
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Qozogʻistonning "Qaysar" klubi ispaniyalik Pako Alʼkaser bilan bitim tuzishi mumkin. 

Ispaniyalik Pako Alʼkaser yaqin orada Qozogʻiston klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Oʻz vaqtida "Barselona", "Valensiya", "Borussiya Dortmund" va "Vilyarreal" klublarida faoliyat olib borgan hujumchi ayni vaqtda erkin agent hisoblanadi. Alʼkaserning soʻnggi klubi Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubi boʻlgan. 32 yoshli forvard Ispaniya terma jamoasida ham toʻp tepishga ulgurgan boʻlib, 19ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 12 marta ishgʻol qilishga muvaffaq boʻlgan.

Maʼlumot uchun, futbolchi BAA klubi safida 53ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol va 13ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!