Qozog‘iston Kubogi. Ikki legionerimiz harakat qilayotgan "Ordabasi" yirik hisobda zafar quchdi, Umarovdan assist (video)
Qozog‘iston Kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Atirau" - "Ordabasi" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Gedesh, Astanov, Fedin, hamda Xalmatov tomonidan urilgan gollarga mezbonlar qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisida Filipovichning aniq zarbasi bilangina javob qaytara oldi. Legionerlarimizdan Odil Abdumajidov o‘yinni asosiy tarkibda, Shahboz Umarov zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 71-daqiqada o‘yinga qo‘shildi. E’tiborlisi, Umarov 73-daqiqadan Fedin urgan golga assistentlik qildi.
Ushbu g‘alaba natijasida Chimkentliklar ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, onlayn jadval peshqadamiga aylandi.
SnapInsta_295063196_778650476486426_2361245724529854784_n
SnapInsta_295178473_5497221197010630_6064602688517154331_n
Fikrlar