
Qozog‘iston OAV O‘zbekistonning g‘alabalariga nega salbiy reaktsiya bildirmoqda? (foto)
So‘nggi ikki kun davomida O‘zbek sportchilari Tokio arenalarida yorqin g‘alabalar qayd etmoqda. Birinchi bo‘lib og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘raev Olimpiada chempioniga aylandi. Bugun esa boks bo‘yicha +91 kg vaznda bahslarda ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bu voqealarga Qozog‘istonning SPORTS.kz nashri quyidagicha munosabat bildirdi:
"O‘zbek superog‘ir vaznli bokschisi Bahodir Jalolov Olimpiada yarim finalida nokdaunga uchradi. Jang muddatidan avval yakunlandi".
"O‘zbekiston Olimpiadagi ikkinchi "oltin"ni qo‘lga kiritdi va medallar jamg‘arish bo‘yicha Qozog‘istondan uzoqlashdi".
"Qozog‘iston O‘zbekistonga Olimpiadadagi ikkinchi "oltin"ni qo‘lga kiritishda yordam berdi".
"O‘zbekistondan bo‘lgan qozoq bokschisi arman bokschisiga mag‘lub bo‘ldi va Olimpiadani tark etdi".
"Yiqilgan o‘zbekistonlik bokschi qozog‘istonliklarni Tokio Olimpiadasida g‘ayrioddiy zarbalar bilan mag‘lub etdi".
Xulosa
Afsuski, Sports.kz nashri e’lon qilayotgan xababrlar dilni xira qilmoqda. Bilasizmi, jon qo‘shnilarimizning eng nufuzli sayti jurnalistlari qay maqsadda bunday yo‘l tutayoganiga tushuna olmayapman.
O‘zbek va qozoq xalqlari doim bir ota-onaning farzandlari sanalgan. Er yuzida hech qanday millat biz va qo‘shnilarimiz singari o‘xshash til, urf-odatga ega emas. Achinarlisi shundaki, Tokio Olimpiadasi chog‘ida Sports.kz nashri e’lon qilayotgan xabarlarda sportchilarimizga nisbatan salbiy munosabat sezilmoqda. Bilasizmi nima alam qiladi? Ushbu axborot portali berayotgan ma’lumotlarda do‘stona ruh mavjud emas. Mayli, nashr jurnalistlari bizning sportchilarga muxlislik qilmasin, ammo jurnalistikaning birinchi sharti - adekvatlik qaerda qoldi?
Bu mavzuni olib chiqishdan oldin, yaxshilab Sports.kzni kuzatdim. Bizning sportchilar ishtirokidagi birorta xabarda adekvat sarlavhaga ko‘zim tushgani yo‘q. Bu nimasi, Sports.kz?! Sizlar amalga oshirayotgan ish ikki millat vakillari o‘rtasida nizo solishidan qo‘rqmaysizmi? Jurnalist aslida eng xolis inson bo‘lishi, voqeaga real ko‘z bilan boqishi lozim!
Nahotki, mana shunday sarlavhalar ostidagi xabarlar orqali sayt imijini ko‘tarmoqchi bo‘lsangiz? Sizlar o‘z auditoriyangiz oldida sportichilaringizni O‘zbekiston atletlari bilan solishtirib nimaga erishyapsiz? O‘ylashimcha, ushbu portal vakillari orasida dunyoqarashi juda tor insonlar faoliyat olib bormoqda. Boshqachasiga, aka-uka o‘rtasiga nizo solishdan mantiq ko‘rmayapman. Ko‘zingizni oching, Sports.kz da ishlayotgan "jurnalistlar"! Oynaning orqasida asr XXI ketmoqda. Bunday stilda ishlash orqali ikki millat nafratidan boshqa hech narsaga erisha olmaysiz.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev
Fikrlar
Яна бир гап айтишадику
Ит ҳурар, карвон ўтар деб.
Ҳулоса ўзингиздан азизлар...