Qudratillo Abduqahhorovning yoshlarimizga tavsiyalari yoxud uni qaysi kitob qiziqtirib qo‘ydi?

  • 12 aprel, 2020, 16:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimizning eng mashhur sportchilarining karantin holatida qanday foydali ishlar bilan band ekanligi, mashg‘ulotlarni qay tarzda olib borayotganligi va yoshlarga berayotgan tavsiyalarini taqdim etishda davom etamiz. Bu safar professional bokschimiz, o‘z vazn toifasida IBF  yo‘nalishi etakchisi Qudratillo Abduqahhorovning uy sharoitida nimalar bilan mashg‘ul ekanligi va uning o‘ziga xos maslahatlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

- Hozirda ota-onam bag‘ridaman. Xabaringiz bor, Sergey Lipinetsga qarshi jangim koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Shundan keyin Andijonga kelib, uy sharoitida mashg‘ulotlarni davom ettirayapman. Anchadan buyon uzoq vaqt oila davrasida bo‘lmagandim. Doimo, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, musobaqalar, janglar bilan bo‘lib, ota-onam bag‘rida kam bo‘lardim. Bu imkoniyatdan foydalanib, ularning duosini olishga harakat qilyapman. Shu bilan birga kitob o‘qishga ham vaqt topilyapti. Misol uchun, hozir “haqiqiy tibbiyot” kitobini o‘qiyapman. Qisqasi, bu sharoitda ham vaqtimni bekorga sarf etmaslik harakatidaman. Murabbiyim Ilgar Aliev bilan bog‘lanib, kerakli ko‘rsatmalarni olib bormoqdaman. Nasib qilib bu muammolar ham bartaraf bo‘lsa, navbatdagi jangimga qadar yaxshi sport formasida etib boraman degan umiddaman.

-  Yoshlarimizga birinchi navbatda ota-onalarining gapiga kirishlarini aytgan bo‘lardim. Chunki kattalar hech qachon o‘z farzandiga yomonlik istashmaydi. Yosh sportchilarimizga bu sharoitda ham o‘z ustilarida ishlashdan to‘xtab qolmasliklarini, aksincha yanada ko‘proq shug‘ulllanishlarini tavsiya qilaman. Hozirgi kunda internet rivojlanib ketgan, murabbiylari bilan bemalol har qanday holatda muloqotda bo‘lish imkoni bor. Shunday ekan, ulardan kerakli mashg‘ulotlar rejimini olib, bamaslahat mashqlarni davom ettirsa bo‘ladi. Chunki ba’zan yoshlarimiz o‘zi bilmagan holda me’yoridan ortiq yoki noto‘g‘ri shug‘ullanib qo‘yishlari ham mumkin. Albatta, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va odatiy mashqlar jarayonlarini davom ettirsa bo‘laveradi. Biroq murakkabroq rejimni ustozlaridan olingan maslahatlar orqali amalga oshirishsin.

- Ko‘proq kitoblar o‘qishlarini, onlayn berib borilayotgan darslarga jiddiy qarashlarini, horij tillarini o‘rrganishlarini maslahat beraman. Chunki yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabi bo‘ladi, deyishadi - ku. Shuning uchun, ayni kundagi harakatlari keyingi faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlarida asosiy rol o‘ynaydi.

- Eng asosiysi esa karantin qoidalariga rioya qiling va hozircha uyda qoling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!