
Rabo uchun yana bir APL grandi kurashga qo‘shildi
Frantsiya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo Evropaning yana bir top-klubi “radariga” tushib qoldi. Fichajes jurnalistlari xabariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Kanonirlar" yarim himoyachi uchun kurashga kirishishga tayyor. Boisi Raboning transferiga "Bavariya" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.
Raboning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnoma muddati shu yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan. Shunday qilib, futbolchi yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Adrien 30 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar