Rafael Leau “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamoqda
“Manchester Yunayted” yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Indykaila News xabariga ko'ra, “qizil iblislar” diqqat markazida “Milan” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau turibdi.
Manbaning ta'kidlashicha, 27 yoshli futbolchining o'zi ham “Old Trafford”ga ko'chib o'tish tarafdori. Biroq “Milan”ga Ruben Amorimning bosh murabbiy etib tayinlanishi Leauning kelajagiga ta'sir qilishi mumkin.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik futbolchining transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Uning “Milan” bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar