Rafael Nadal kimni eng zo‘r futbolchi deb biladi?

  • 15.12.2020 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal qaysi futbolchilarning o‘yini unga ko‘proq yoqishini aytdi.

“Bu qiyin savol. Men Krishtianu va Messining ismlarini aytmayman, garchi ular eng yaxshi bo‘lsa ham. Men ko‘rgan narsalarimga asoslanib, bu Ronaldo, deb o‘ylayman. U jarohatidan oldin aqlbovar qilmaydigan va fantastik darajada o‘ynagan”, - dedi Nadal

Ronaldo faoliyati davomida "Kruzeyro", PSV, "Barselona", "Inter", "Real", "Milan" va "Korintians" klublarida to‘p surgan. Braziliya terma jamoasi safida 98 ta o‘yinda 62 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!