Rafael Nadal va Kei Nishikori birgalikda shug‘ullanadi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turniriga yaponiyalik Kei Nishikori bilan birga tayyorgarlik ko‘radi.
"Marca"ning xabariga ko‘ra, Rafael bugun Meksikaga uchib ketgan. U musobaqadagi ilk uchrashuvni 28 fevral kuni o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Akapulko shahri mezbonlik qiladigan ushbu turnir 26 fevral kuni boshlanib, 4 martga qadar davom etadi.

Fikrlar