Rafinya "Atletiko"ga qarshi o'yin haqida fikr berdi

  • 04.03.2026 04:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvida "Barselona" o‘z uyida "Atletiko"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdan so‘ng kataloniyaliklar vingeri Rafinya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Muxlislar qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim. Ular bugun buni ajoyib tarzda namoyish etishdi. O‘ylaymanki, biz o‘yin boshidanoq juda yaxshi harakat qildik, ajoyib o‘ynadik.

Qo‘limizdan kelgan barcha kuchni ishga soldik. Oxir-oqibat, muxlislar stadionni jamoadan juda faxrlangan holda tark etganiga ishonaman. Biz ham shunday his qilyapmiz.

Albatta, finalga chiqa olmaganimizdan hafamiz. Biroq salbiy jihatlardan ko‘ra ijobiy jihatlar ko‘proq deb hisoblayman”, — dedi futbolchi.

Shu tariqa, “matraschilar” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!