Rafinya: "Barchadan uzr so‘rayman"

  • 17 fevral, 2023, 02:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa ligasininig 1/18 bosqichida "Barselona" "Manchester Yunayted"ni o‘z uyida qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Maydonda Katoloniya jamoasi tarkibidagi eng yaxshi futbolchi Rafinya bo‘ldi. U "Barsa"ni mag‘lubiyatdan qutqaruvchi golni urib, bitta asisst ham amalga oshirdi. Xavi vingerni 83-daqiqada o‘yindan oldi.  Futbolchi esa ushbu holatdan norozi kayfiyatda zahira o‘rindig‘iga yo‘l oldi. Rafinya o‘yindan keyin o‘sha vaziyat haqida gapirdi.

"Men uchrashuv tugaganidan keiyn Xavi, Ferran va barchadan uzr so‘radim. Ba’zida siz klubingizga yordam bermoqchi bo‘lasiz. Ammo sizga imkon berilmasa, o‘zingizni nazorat qila olmaysiz. Men xato qildim va buning uchun kechirim so‘rayman" - dedi braziliyalik vinger.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Barselona" to‘qnashuvining javob bahsi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!