Rafinya "El-klasikо"gacha qaytishni rejalashtirmoqda

  • 06.04.2026 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Rafinya Braziliyadan jamoa safiga qaytdi, deb xabar bermoqda "Mundo Deportivo".

Manba ma'lumotiga ko‘ra, milliy jamoada olingan jarohatdan keyin futbolchi tiklanish jarayonini klubda davom ettiradi. Rafinyaning maqsadi 10 mayda Madriddning "Real" klubiga qarshi bahsda maydonga qaytish.

Joriy mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

"Barselona"ning navbatdagi uchrashuvi 8 aprel kuni "Atletiko Madrid"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Birinchi chorak final bahsi 8 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!