Rafinya gol urish bo‘yicha 127 yillik rekordni yangiladi

  • 20.09.2026 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» futbolchisi Rafinya mavsum boshidagi dastlabki sakkizta o‘yinda natijadorlik bo‘yicha kataloniyaliklar klubi rekordini o‘rnatdi.

Bu La Liganing 7-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda sodir bo‘ldi. «Barselona» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi, Rafinya esa xet-trik qayd etdi. Uchrashuv Ispaniyaning Sevilya shahridagi «Ramon Sanches Pishuan» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam vazifasini Alikantelik Xuan Martines Munuera bajardi.

Futbolchi La Liganing yetti uchrashuvida 12 ta gol urdi. Shuningdek, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda (5:1) yana ikki marta gol urdi.

«Barselona» tarixida 1899 yildan buyon biror futbolchi mavsumning dastlabki sakkizta o‘yinda bunday natijadorlik ko‘rsatmagan.

Rafinya 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!