Rafinya JCh finalida Ispaniyaga qarshi o‘ynashni xohlamoqda

  • 20.05.2026 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" vingeri Rafinya Dias Jahon chempionati-2026 finalida Braziliya va Ispaniya terma jamoalari to‘qnash kelishini istashini aytdi.

— Shunday finalni xohlardingizmi?

"Albatta. Ispaniyaga qarshi finalda o‘ynash juda ajoyib bo‘lardi".

— Hatto qarshi tomonda Lamin Yamal bo‘lsa hammi?

"Muammo emas. Bizda ham yuqori darajadagi futbolchilar yetarli. Bu haqiqatan ham juda qiziqarli o‘yin bo‘lardi", — dedi Rafinya.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya JCH-2026 guruh bosqichida Marokash, Gayti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Turnir finali 19 iyul kuniga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!