Rafinya "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etadimi?
"Barselona" vingeri Rafinya 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Real"ga qarshi uchrashuvda jamoaga yordam bera oladi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi 25 sentyabr kuni "Ovedo"ga qarshi (3:1) o‘yinda sonning orqa tomonidan jarohat olgan edi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Rafinya jamoa bilan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan va holati juda yaxshi.
Ta’kidlanishicha, futbolchining tiklanish jarayoni "juda ijobiy" kechgan. U kechagi Chempionlar ligasi bahsida — "Olimpiakos"ga qarshi (6:1) uchrashuvda o‘ynashi mumkin edi, ammo bosh murabbiy Xans-Diter Flik shoshmaslikni ma’qul ko‘rib, Rafinyaga yana bir necha kun dam berishni ma’qul ko‘rgan.
Ayni paytda Rafinya "El-klasiko"ni asosiy tarkibda boshlaydimi yoki zaxiradan maydonga tushadimi — bu hali noma’lum.



Fikrlar