Rahmonaliev Chempionlar ligasida tarixiy g‘alabani nishonladi

  • 13.10.2026 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev Ozarbayjon chempioni "Sabah" tarkibida Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi ikkinchi turida Praga shahrining "Slaviya" klubini mag‘lub etishda katta hissa qo‘shdi. 

Uchrashuv Boku shahridagi Olimpiya stadionida o‘tkazildi va "Sabah"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 49-daqiqada ochildi: Ivan Lepinitsa uzatmasidan so‘ng Kahim Perris Chexiyadan kelgan jamoa darvozasini ishg‘ol etdi. 88-daqiqada esa Joy-Lans Mikkels ikkinchi golni urdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Umarali Rahmonaliev "Sabah" safida maydonga asosiy tarkibda va kapitan sifatida tushdi, butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi. O‘zbek futbolchisining so‘nggi daqiqalardagi superzarbasi muxlislarni jumbushga keltirdi. Darvozaga aniq yo‘llangan zarbani raqib posboni bozo‘r qaytarib qoldi. 

Bu Ozarbayjon klubi uchun Chempionlar ligasida umumiy bosqichidagi ilk g‘alaba sifatida tarixga yozildi. 

Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichning dastlabki turida Ozarbayjon klubi Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasiga safarda  0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

"Sabah" Liga Chempionlar umumiy bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni Germaniyaning "Borussiya» Dortmund" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!