Rakitich nega "Barsa" Messi, Neymar, Suares, va boshqa yulduzlar bilan Chempionlar ligasini ko‘proq yutmagani haqida gapirdi

  • 12 iyul, 23:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich kataloniyaliklar hujum chizig‘i haqida afsus ila fikr bildirdi:

Tecno

— Bu hujum faqat bitta Chempionlar ligasini yuta oldi. Bu juda alamli. Nima sodir bo‘ldi?

"Bu juda alamli. Juda ranjitadi va achchiq keltiradi. Leo Messi, Luis Suares, Neymar, Buskets, Andres Inesta, Pike va boshqalar ham bir-birini qattiq tanqid qilgisi kelganiga ishonchim komil. Chunki men ko‘p marotaba ochiq aytganman — barchaga hurmatim bor holda: "Biz haddan tashqari osoyishta bo‘lib qoldik.

2014/15 yilgi mavsumda, ya’ni biz La Liga, Chempionlar ligasi va Ispaniya Kubogini yutgan yil Xavi juda muhim shaxs edi. O‘sha paytda biz bunga etarlicha e’tibor bermagan bo‘lishimiz mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan tushundimki, u ketgach, mayda detallar nazoratsiz qoldi. Bu juda achinarli. Chunki menimcha, biz Chempionlar ligasini 3 yoki 4 marta yutish imkoniga ega edik".

— Xavining ketishi nimalarga olib keldi?

"Aniq aytish yoki bunga echim topish oson bo‘lsa, albatta, shunday qilgan bo‘lardik. Ammo ba’zan shunday bo‘ladiki, inson ba’zi detallarga e’tibor berishdan to‘xtaydi. Masalan, guruh bosqichidagi oddiy o‘yin yoki birinchi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng javob uchrashuviga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish. Agar hammasini o‘z yo‘liga tashlab qo‘ysangiz, futbol sizni jazolaydi — ayniqsa eng yuqori darajada. Rosti, bu biz bilan juda ko‘p bor sodir bo‘lgan" – deya ta’rif berib o‘tdi xorvatiyalik havbek.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!