Rakitich: "Sevilya" "Barselona"ni hayratda qoldirdi"

  • 14.10.2025 16:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Sevilya"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoaning "Barselona"ga qarshi yirik hisobdagi (4:1) g‘alabasidan mamnunligini bildirdi. Bu o‘yin FIFA kunlaridan avval bo‘lib o‘tgan edi.

"Men barcha qiyinchiliklarga qaramasdan natija ko‘rsatayotgan bu jamoaning kuch-qudrati va maqsad sari intilishidan juda faxrlanaman. "Sevilya" dunyoning eng kuchli uch jamoasidan biri bo‘lgan "Barselona"ni hayratda qoldirdi. Ular o‘zlarini ayamasdan va uyushqoqlik bilan harakat qilib g‘alabaga erishdilar", — dedi Rakitich "derbyderbyderby.it" nashriga.

Ayni paytda "Sevilya" La Liganing jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!