Ramazon Temirov jang qilgan turnirning barcha natijalari bilan tanishing
Biroz avval Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan "UFC 333" turniri yakunlandi
Biroz avval Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan "UFC 333" turniri yakunlandi. Quyida ushbu oqshomda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Aleks Volkanovskiy 2 raundda Movsar Evloevni texnik nokautga uchratib, yarim engil vazndagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Pyotr Yan hakamlarning yakdil qarori bilan (48-47, 48-47, 48-47) Merab Dvalishvilini mag‘lub etib, titulni himoya qildi;
Loner Kavana 1 raundda Ramazon Temirovni texnik nokautga uchratdi;
Aleksandr Volkov ochkolar bo‘yicha (29-28, 30-27, 30-27) Rizvan Kunievdan ustun keldi;
Aoran Piko 1 raundda Lozen Keytani texnik nokaut qildi;
Dominik Reyes 1 raundda Azamat Murzakanovni nokautga uchratdi;
Abdul-Rahmon Yahyoev 1 raunddayoq Nikita Krilovni texnik nokaut bilan yengdi;
Abusupyan Magomedov 1 raundda Kemeron Roustonni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi;
Grant Douson hakamlarning yakdil qarori bilan (29-28, 29-28, 29-28) Nurullo Aliev ustidan zafar quchdi;
Kolbi Tikness ochkolar bo‘yicha (28-29, 29-28, 29-28) Asaf Chopurovdon ustun keldi;
Abubakar Vagaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) Jeykob Malkunni taslim etdi;
Daniel Santos ochkolar bo‘yicha (29-28, 29-28, 29-28) Bolaji Okini ustidan g‘alaba qozondi;
Kodi Stil 1 raundda Noa Gun’yonni nokaut qildi;
Yasmin Lusindo hakamlarning yakdil qarori bo‘yicha (30-27, 30-27, 30-27) Nikol Kalyarini mag‘lub etdi.

Izohlar (0)