Ramos, yo pulni tanla, yoki jamoani!

  • 18 mart, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ markaziy himoyachisi Serxio Ramosning jamoa bilan tuzilgan ikki yillik shartnomasi mavsum oxirida nihoyasiga etadi.

Shu sababli, keyingi paytda ispan himoyachisini klubdan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, 36 yoshli himoyachi faqat bir shartga ko‘ngan taqdirdagina jamoada qolishi mumkin. Buning uchun Ramos maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozi bo‘lishi kerak.

Manbaning ta’kidlashicha,  parijliklar yoshi o‘tib qolgan futbolchiga har mavsum uchun 10 million evrodan to‘lashga rozi emas.

Ramos PSJga kelganidan beri jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va bitta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!