
Ramos "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin
"Real" himoyachisi Serxio Ramos tizzasidan operatsiya qilindi. Uning tiklanishi uchun 2 oy vaqt talab etilishi aytilmoqda.
Agar shifokorlarning ushbu taxmini to‘g‘ri chiqsa, “Qirollik klubi” sardori 11 aprel kuni "Barselona”ga qarshi bo‘ladigan “el-klasiko”da ishtirok eta oladi. Ammo u EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi o‘yinda aniq o‘ynay olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ramos 14 yanvardan buyon maydonga tushmayapti. U joriy mavsum 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar