Ramos faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan murabbiylarni sanab o‘tdi

  • 24 avgust, 2019, 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos faoliyati davomida muhim ahamiyat kasb etgan murabbiylar haqida gapirdi.

“Faoliyatimdagi eng muhim murabbiy - Xoakin Kaparros. Aynan u menga La Ligada o‘ynash va orzularimga erishishimga imkon bergan.  Keyingi o‘rinda esa Luis Aragones. U meni ilk bor terma jamoaga chaqirdi. So‘nggi yillarda esa Anchelotti va Zidan bo‘lishi mumkin. Chunki, men ular bilan Chempionlar ligasida ajoyib damlarni boshdan kechirdim”, - deydi 33 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ramos asli “Sevilya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Real” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U hozirgacha jami 23ta musobaqada g‘olib chiqdi. Shularning 3tasi Ispaniya terma jamoasi safida qo‘lga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!