Ramos faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos kelajakda o‘z jamoasini o‘zgartirish niyati yo‘qligini bildirdi. U bu haqda muxlislarning bergan savoliga o‘z "Tvitter"i orqali javob berdi.
"Faoliyatimni "Real"da yakunlasam hursand bo‘lar edim", - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi 2005 yildan buyon "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar