Ramos Italiya klubiga o'tish arafasida

  • 29.12.2025 22:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi. 

"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining vakillari va "Milan" rahbariyati o‘rtasida kelishuv bo‘lib o‘tgan. Faqatgina uning maoshi va shartnomasi muddatini kelishib olish qolgan xolos. 

39 yoshli himoyachi yaqinda "Monterrey" bilan amaldagi shartnomasi tugab, erkin agentga aylangan edi. 

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi "Real", PSJ, va "Sevilya" klublari safida ham harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!