Ramos katta “qovun” tushirdi

  • 5 aprel, 2021, 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sardori Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tushgani madridlik muxlislarning g‘azabini qo‘zitish barobarida, “Qirollik klubi” xo‘jayinlarining e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, 34 yoshli himoyachi jarohatidan tiklanish jarayonida “Real” uchun muhim uchrashuvlarda o‘zini ehtiyot qilib, maydonga tushmadi. Biroq, jahon chempionatining saralash turniri doirasida Kosovoga qarshi bahsning oxirida o‘yinga qo‘shildi.

Ramos terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishga harakat qilmoqda. Hozircha, ispaniyalik himoyachi hisobida 180 ta uchrashuv bor.

Serxio yana bitta bellashuvda maydonga tushsa, bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘yin  ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Kuvayt hujumchisi Badr Al-Mutavaga etib oladi.

Ayni paytda jahon rekordi misrlik yarim himoyachi Ahmad Hassanga tegishli bo‘lib, u mamlakati bosh jamoasi safida 184 ta o‘yin o‘tkazgan.

Qizig‘i, Serxio Ramosning jarohati yana qaytalandi va u bo‘lajak bahslarda “Real”ga yordam berolmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!