Ramos La Ligaga qaytishi mumkin

  • 04.02.2026 19:27
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" sobiq futbolchisi Serxio Ramos yana La Ligaga qaytishiga yaqin turibdi. Bu haqida "Diario de Sevilla" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, 39 yoshli himoyachi  yana "Sevilya" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Agar bu amalga oshsa, futbolchi faoliyati davomida uchinchi bor ushbu jamoaga qaytgan bo‘ladi. Ma'lum bo‘lishicha, Ramosning "Sevilya"ga futbolchi sifatida qaytishi borasidagi muzokaralar ispaniyalik o‘yinchining Ispaniya klubni sotib olishi muhokama qilinayotgan vaqtda boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Serxio ispan klubi xo‘jayinlaridan biriga aylanishi haqida xabar qilingan edi. Ramos 2003 yilda faoliyatini "Sevilya"da boshlagan va 2006 yilda "Real"ga transfer bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!