
Ramos qachon PSJda debyut qiladi?
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Frantsiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Anje”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Get French Football News xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, agar Ramos ushbu o‘yinda maydonga tushsa, bu uning uchun Parij klubi safidagi ilk rasmiy uchrashuv sifatida tarixga kiradi. Ispaniyalik futbolchi yozgi transferlar davrida “Real”dan erkin agent sifatida PSJga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq jarohat sabab uning debyuti kechikmoqda.
Ma’lumot uchun, PSJ – «Anje» uchrashuvi 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar