Ramos “Sevilya”ni sotib olishi uchun qancha kerak?

  • 07.01.2026 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya futbolidagi eng mashhur futbolchilardan Serhio Ramos xorijiy investorlar qo‘llab-quvvatlovi bilan o‘zini tarbiyalagan “Sevilya” klubini sotib olish bo‘yicha taklif bildirdi.

Bu haqida jurnalist Gilyermo Rai xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, klubni sotib olish uchun tuziladigan  bitim qiymati 400 million yevroga baholanmoqda.

39 yoshli futbolchi loyihaning asosiy investori bo‘lmaydi, biroq aynan u loyihaning yuzi va jamoatchilik oldidagi asosiy vakiliga aylanadi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuvda Amerika investitsiya fondi ham ishtirok etmoqda.

“Sevilya” hozirda qiyin moliyaviy ahvolda. Ayni paytda klubning qarzlari taxminan 180 million yevrodan oshyapti.

Serhio Ramos faoliyatini aynan Andalusiya klubida boshlagan va 2005 yilda Madriddning “Real” jamoasiga o‘tgan edi. 2023 yilda u yana “Sevilya”ga qaytib bir yil o‘ynadi va keyinchalik Meksikaning “Monterrey” jamoasida qisqa fursat to‘p tepib keldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!