Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ramosning gapi do‘sti Ronalduga yoqmasligi aniq

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ramosning fikri o‘zgaribdi

So‘nggi yillardagi eng kuchli o‘yinchilar – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepgan kam sonli futbolchilardan biri Serxio Ramos jahon futbolida eng zo‘r ijrochi kim ekani haqidagi fikri o‘zgardi.

Ispaniyalik himoyachi “Real”da Ronaldu bilan o‘ynagan bo‘lsa, PSJga o‘tganidan keyin Messining jamoadoshiga aylandi.

- Men bir necha yillar davomida Lionel Messiga qarshi o‘ynab ko‘p jabr ko‘rganman. Lekin u bilan birga o‘ynab, futboldan tom ma’noda bahra oldim. U futbol olamidagi eng zo‘r o‘yinchi, - dedi  Ramos.

Lionel Messi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan va kataloniyaliklar safidagi o‘yinlari orqali sakkiz bor “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu esa, jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q