Raneri: Futbolchilarning oyog‘i erdan uzildi
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri joriy mavsumdagi omadsizliklar sababini oshkor qildi.
O‘tgan mavsumda Angliya chempionaligini qo‘lga kiritib, jahon futbolida shov-shuv ko‘targan "Lester" futbolchilari endi APLdan quyi ligaga tushib ketishi mumkin.
- O‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan so‘ng futbolchilarning boshi aylanib, oyog‘i erdan uzildi, - deydi Klaudio Raneri. - Lekin ular jadvalga qarasin va qaerda turganimizni ko‘rib olsin. Osmondan erga tushish va vaziyatni o‘nglash vaqti keldi.
Ayni paytda Angliya chempioni APLda 13 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 16-pog‘onasini egallab turibdi.


Fikrlar