
Raneri xushxabarni e’lon qildi
"Sampdoriya" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoasida koronavirusga chalinganlar boshqa qolmaganini aytdi.
Aytish kerakki, “Sampdoriya”ning 16 nafar a’zosida COVID-19 virusi aniqlangan edi. Ularning yarmi futbolchilar bo‘lgan.
“Barcha futbolchilarimiz sog‘aydi. Ular orasida infektsiyalanganlar borligini eshitish yoqimsiz edi”, - deydi murabbiy.
Italiya A Seriyasi 9 mart sanasidan buyon koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatilgan edi.
Fikrlar