
Rangnik MYuda qaysi darvozabonga ishonishini aytdi
“Manchester Yunayted” Ralf Rangnik jamoa darvozasini qo‘riqlashga kim loyiq ekanini aytdi.
Germaniyalik mutaxassis ketma-ket ikkita uchrashuvda Din Xendersonga ishonch bildirganidan keyin jamoada asosiy darvozabon masalasi ko‘tarildi. Rangnik Chempionlar ligasida “Yang Boyz”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Xenderson o‘rniga Tim Xitonni ham maydonga tushirdi.
- Bizda bir necha yuqori darajali darvozabon bor. “Yang Boyz”ga qarshi uchrashuvda bunga yana bir karra amin bo‘ldik. Har ikki darvozabon ham yaxshi o‘ynadi.
David de Xea — top darajadagi birinchi raqamli posbonimiz. Bu pozitsiya uchun kamida uchta, bo‘lmasa beshta nomzodimiz bor. Yanvarda vaziyat qanday bo‘lishini bilib olamiz. Balki qishgi transferlar vaqtida bir-ikki darvozabonimiz ijaraga ketishni istar. Lekin mavsum oxirigacha chta musobaqa – premer-liga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida o‘ynashimizni ham inobatga olish kerak.
Men darvozabonlarning nimalarga qodirligini sinab oldim va qishki transferlar boshlanmay turib, oldindan biror xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar