Rangnik MYuning ayrim futbolchilarini tanqid qildi

  • 19 yanvar, 2022, 17:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoadagi ba’zi o‘yinchilar harakatidan norozi. Shu boisdan, u futbolchilarni muntazam rotatsiya qilishga majburligini aytdi.

Tecno

"Lyuk Shou, Aaron Uan-Bissaka va Xarri Maguayr MYu uchun o‘ynashga etarlicha tayyor emas. Men ularni zaxiraga olinishi kerak, deb hisoblayman", - dedi murabbiy.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassis raxbariyatga markaziy himoyachi roli uchun "Vulverxempton" a’zosi Maks Kilmanni tavsiya qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 32 ochko to‘plagan holda, 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!