Raqib manchesterliklar kutayotgan oʻyinchini ilib ketmoqchi

  • 02.05.2026 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining kelasi mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirayotgan “Chelsi” klubi o‘z tarkibiga “Shtutgart” yarim himoyachisi Angelo Shtillerni qo‘shib olmoqchi.

Germaniya Bundesligasining eng yorqin o‘yinchilaridan hisoblangan Shtiller “aristokratlar”da juda katta taassurot qoldirgan.

Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Shtutgart” 25 yoshli futbolchining transferini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan yozda “Manchester Yunayted” uni transfer oynasining so‘nggi bosqichida jamoaga qo‘shib olishga urinган edi. Manchesterliklar hali ham uni nishonida ushlab turibdi.

Hozir nemis klubidan yiliga 4,5 million yevro miqdorida maosh olayotgan Shtiller agar Angliya Premier-ligasiga ko‘chib o‘tsa, maoshi kamida ikki baravar oshishi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Shtiller barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 10 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!