Raqib murabbiyi Shomurodov haqida qattiq gapirdi!

  • 31.08.2026 09:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukrainalik tennischi Elina Svitolina (WTA reytingida 9-o‘rin) AQSh ochiq chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi, deb xabar beradi Sports.kz.

Birinchi bosqichda Svitolina Argentina vakili Solana Sierra (91-o‘rin)ga qarshi maydonga tushdi va raqibini ikki setda yirik hisobda mag‘lub etdi — 6:1, 6:2. Uchrashuv bor-yo‘g‘i 53 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, Solana Sierra uchun bu turnirdagi ishtirok yakunlandi. Elina Svitolina esa musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi. Uning navbatdagi raqibi Avstraliya sportchisi Maya Joynt (72-o‘rin) va rossiyalik tennischi Lyudmila Samsonova (47-o‘rin) o‘rtasidagi bahs g‘olibi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!