Raqib tanlashda qahramonlik namoyish etgan Sindarov qahramonlikni davom ettirdi

  • 08.02.2025 10:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat

 "2025 Freestyle Chess Grand Slam" turnirining chorak finalida Javohir Sindarov Fisher shaxmati bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Dastlabki saralash bosqichida 2-o‘rinni olgani uchun Javohirga chorak final uchun raqib tanlash imkoniyati berilgandi. U Hikaruni tanladi va bu tanlov shaxmat olamida o‘ziga xos shov-shuvga sabab bo‘ldi.

U kecha va bugun bo‘lgan klassik bahslarda juda qiyin partiyalarni durangga aylantirdi. Shundan so‘ng tay-brekda rapid bahslari boshlandi. 

Dastlabki partiya qora donalarda o‘ynagan hamyurtimiz qiyin vaziyatdan chiqib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi partiyada Hikaru bitta sipoh ustun edi. Hamma tay-brek davom etishini kutib turgan payt Javohir partiya so‘ngida Hikaruni qopqonga tushirib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib ketdi. 

Yarim finalda Javohir Fabiana Karuana bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, chorak finalda yana bir shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi va dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi. Endi u ertaga qolgan o‘rinlar uchun kurash olib boradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!