Rashid Gʻofurov: "Yigitlarimiz oʻyindan oldin oyoqlari qaltirab, yutqazib boʻlishdi"

  • 07.05.2026 16:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro liganing 7-turidagi yirik hisob Nukusda qayd etildi. “Aral” hamda “Yaypan” jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda maydon egalari 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov qatnashdi va savollarga javob qaytardi.

- Avvalambor, “Aral” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, menimcha muxlislar ham, mutaxassislar ham ko'rishdi. Yigitlarimiz o'yindan oldin qo'l ko'tarishib, oyoqlari qaltirab, yutqazib bo'lishdi. Oldindan “nastroj” bo'lmasa juda ham qiyin. Boz ustiga bunday maydonda futbol o'ynashga har qanday jamoa qiynaladi.”"Aral”, “Jayhun” kabi jamoalar bu maydonga juda o'rganishgan. Bu bahona emasu, ammo juda qiyin. Boz ustiga bizning futbolchilar yosh, o'tgan o'yinda bir qator yigitlarni yo'qotganmiz. Qizil kartochka olingan yoki terma jamoaga chaqirilgan. Mayli, o'rnini qoplaydigan futbolchilarimiz bor. Shu ham kamlik qildimi, deyman-da! Asosiy tarkib o'yinchilarimiz 100 foiz bo'lgan taqdirda ham biz qiynalgan bo'lardik.

- Endi O'zbekiston Kubogi bahslari boshlanadi. Jamoangizning Kubokdagi maqsadi qanday?

- Kubokka alohida tayyorgarlik ko'rib, uni boshimiz ustida ko'tarish maqsadi yo'gu, lekin munosib qatnashish niyatimiz bor. “Paxtakor”, “Surxon”, “Kattaqo'rg'on” kabi Superligani ham yaxshi jamoalari bor. Ularga qarshi munosib o'yin ko'rsatmoqchimiz. Bu o'yinlar orqali yoshlarimizni ham reklama qilish imkoniyati bo'ladi. Agar bugungidek o'yin bo'ladigan bo'lsa, o'yinchilarimizga hech kim qaramaydi.

- Ikkinchi bo'limda darvozabonning almashishi haqida nima deysiz?

- Darvozabonni 100 foiz xatosi demayman. Avvalo, bu jamoaviy xato hisoblanadi. Darvozabonimiz ruhiy tarafdan o'zini yo'qotdi. Kelgan to'p kirib ketaverdi. Sababi, kutilmagan to'plar o'tkazib yuborilgach, bundan buyog'iga ham yana ko'plab gollar kirib ketishi mumkin edi. Shu bois zaxiradagi posbonimizga o'ynash imkonini berdik.

- “Yaypan” yaqin yillarda oldingi “Turon” jamoasining o'rnini bosa oladigan jamoaga aylanishi mumkinmi?

- Mumkin. Agar o'sha “Turon”ga qo'yilgan maqsad kabi bizga ham shunday qilinsa bajarisa bo'ladi. Hozircha yoshlar bilanmiz va oldimizda hech qanaqa maqsad yo'q. Asosan yoshlarni o'ynatib, ularga o'yin amaliyotini berish, tajribasini oshirish.

- Jamoangiz birinchi golga qadar yaxshi o'ynayotgan edi, to'pni ham yaxshi nazorat qilayotgan edi. Lekin goldan keyin hammasi o'zgardi. Bu nimadan yoki muxlislar bosimidanmi yo boshqa sababi bormi?

- Bosim muxlislar tarafidan emas. To'g'ri aytyapsiz, boshida kombinatsion o'yin ko'rsatib, hammasi yaxshi ketayotgan edi. Birinchi goldan keyin yosh bolani bu tomoniga ursa, narigi tomoniga ham ur, deb qo'yib berishadiyu, shunaqa bo'lib qoldi-da. Ammo ko'rsatma berishda to'pni ushlab yoki boshqa narsa haqida aytmagandik. Chunki bu to'pni nazorat qiladigan maydon emas. Faqat oldinga tepib o'sha yerda to'p uchun kurashish kerak edi. Jamoamiz baribir to'pni nazorat qilishga o'rganganligi uchun oxirida 5:1 ga yutqazib turibmiz, baribir orqada to'pni ushlashga harakat qilishdi. Oldinga tep, ikkita hujumchiga tashlab ber desak ham orqada to'p bilan o'ynashdi. Birinchi gol mayli, lekin ikkinchi gol avtogol bo'lgach, o'yinchilar “sinib” qolishdi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!