Rasman! 33 yoshli Jiru "Chelsi"da qoladigan bo‘ldi

  • 20.05.2020 22:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” klubi o‘zining frantsiyalik hujumchisi Olive Jiru bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi “aristokratlar” safida 2021 yilning yozigacha qoladigan bo‘ldi.

Jiru “Chelsi” safiga 2018 yilning yanvarida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 76 ta o‘yinda maydonga tugdi va raqiblari darvozasiga 21 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!