Rasman: Alireza Firouzja "Super Chess Classic Romania 2026" turnirini tark etdi
"Grand Chess Tour" tashkilotchilari fransiyalik grossmeyster Alireza Firouzja jarohati sababli turnirni muddatidan oldin tark etganini e’lon qildi.
"Afsuski, turnir davomida olgan to‘piq jarohatim tufayli musobaqadan chiqib ketishga qaror qildim. Tashkilotchilarga qo‘llab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiraman, shuningdek, o‘yinlarimni kuzatgan barchaга rahmat. Turnir qatnashchilari va tashkilotchilarga omad tilayman", — deydi Alireza.
GCT tashkilotchilari ham o‘z navbatida jarohat olganiga qaramay kurashganligi uchun Alirezaga minnatdorchilik bildirib, tezroq sog‘ayib ketishini tilashdi.
Ma’lumot uchun, Firouzja turnirda 9 ta partiyadan 5 tasini o‘ynab ulgurgan edi. Uning qayd etgan natijalari jadvalda saqlanib qoladi.
Qoidalarga ko‘ra, Keymer, Jorden, So va Daniel Deaс'ga esa Alireza bilan o‘ynamaydigan bo‘lishgani uchun texnik g‘alaba yozilishi kerak. Ammo bu ma’lumot hali rasmiy tasdiqlanmadi.


Fikrlar