Rasman! «Andijon» - «Paxtakor» uchrashuvi Farg‘onada bo‘lib o‘tadi

  • 15 may, 2019, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga «Andijon» jamoasi o‘z maydonida Toshkentning «Paxtakor» jamoasini qabul qiladi. Ayni damda Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida yoritkich tizimi FIFA talablariga to‘la javob berishi uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Tecno

Shu munosabat bilan, ertangi o‘yin Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi. O‘yinning boshlanish vaqti soat 18:30ga belgilangan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Andijondan sotib olingan chiptalar, «Istiqlol» stadioniga kirish xuquqini beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!