Rasman! "Andijon" Rossiya chempioni bilan shartnoma tuzdi

  • 12.07.2024 17:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi selektsiyada “Andijon” dastlabki transferni amalga oshirdi. O‘zbek futboli ixlosmandlari yaxshi biladigan, tajribali futbolchi Vagiz Galiulin jamoaga qaytdi.

Vagiz “Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatining asosiy qismini Rossiya premer-ligasi hamda birinchi divizionida o‘tkazgan. Qanot yarim himoyachisi oxirgi to‘rt yilni “Nefteximik” klubida o‘tkazdi va u erda jamoa sardori sifatida to‘p surdi.

“Andijon” hamda Galiulin o‘rtasida 1,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun:

Vagiz Galiulin

Tug‘ilgan yili: 10.10.1987

Ampluasi: qanot yarim himoyachisi

To‘p surgan jamoalari: “Andijon”, “Buxoro”, “Rubin”, “Sibir”, “Ufa”, “Tosno”, “Tambov” va “Nefteximik”.

Erishgan yutuqlari: Rossiya chempioni – 2008 (“Rubin”).

Rossiya Superkubogi – 2009-10 (“Rubin”).

Rossiya Kubogi – 2018 (“Tosno”).

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi o‘yinini 2021 yilda o‘tkazgan.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!