Asosiy mazmunga oʻtish

Rasman! APLga chiqqan ilk klub nomi ma’lum bo‘ldi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Hozircha APLni tark etgan klublar nomi aniq bo‘lib ulgurmadi.

Angliyaning quyi divizioni Chempionshipda ishtirok etayotgan "Fulxem" elitaga ko‘tarildi.

Londonliklar chempionat 42-turi doirasidagi "Preston"ga qarshi bellashuvda 3:0 hisobida zafar quchdi va muddatidan oldin kuchli uchlikda qolish vazifasini uddaladi. Ya’ni, quyi liganing eng yaxshi uch jamoasi to‘g‘ridan to‘g‘ri Premer-ligaga yo‘l oladi.

Hozircha APLni tark etgan klublar nomi aniq bo‘lib ulgurmadi. So‘nggi pog‘onalarni "Byornli", "Uotford" hamda "Norvich" egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q