Rasman! Asensio yozda "Real"ni erkin agent sifatida tark etadi
Marko Asensio "Real"ni tark etadi.
Madrid klubi shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadigan ispaniyalik yarim himoyachi mavsum oxirida jamoani tark etishini malum qildi.
Asensio 2015 yilda "Real"ga o‘tgan edi. Klub tarkibida u 17 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: 3 marta Chempionlar ligasi kubogi, 4 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 3 marta Evropa superkubogi, 3 marta La Liga kubogi, 1 marta Ispaniya kubogi va 3 marta Ispaniya Superkubogi.
asensio
Xabar qilinishicha, 27 yoshli futbolchi PSJga o‘tishga yaqin turibdi.
Fikrlar