Rasman! Balotelli Shomurodovning sobiq jamoasi bilan shartnoma imzoladi

  • 28 oktabr, 2024, 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli yana vataniga qaytdi. "Jenoa" o‘zining rasmiy sayti orqali 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Tecno

Hozircha, e’lon qilingan xabarda tomonlar o‘rtasida imzolangan mehnat shartnomasi muddati oshkor etilmagan, garchi matbuot avvalroq shartnoma 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgani haqida yozgan bo‘lsa ham.

Endi Balotelli “Jenoa” safida 45-raqamda o‘ynaydi. Eslatib o‘tamiz, Balotellining so‘nggi ish joyi Turkiyaning "Adana Demirspor" klubi bo‘lgan edi. U turk klubini erkin agent maqomida tark etgan edi. "Jenoa" ayni damda Italiya A Seriyasida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!