Rasman! "Barsa" himoyachisi "Selta"ga o‘tdi (foto)
"Barselona" himoyachisi Oskar Mingesa "Selta" Vigo jamoasiga o‘tdi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Oskar ijara asosida vigoliklar safida to‘p tepadi. Transfer summasi 5 million evro etib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Mingesa o‘tgan mavsum La Liganing 19 o‘yinida bitta assist va ikkita sariq kartochkani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar