Rasman: «Barselona» Dani Olmoning jarohatdan keyin tiklanish muddatini ma'lum qildi
«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo mushak jarohati sabab taxminan bir oy maydonga tusha olmadi
«Barselona» matbuot xizmati yarim himoyachi Dani Olmo UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga qarshi o‘yinda jarohat olganini tasdiqladi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 2:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
«O‘tkazilgan tekshiruvlar Dani Olmo «PSJ»ga qarshi uchrashuvda raqib bilan to‘qnashuv natijasida sonning yaqinlashtiruvchi mushagidan jarohat olganini tasdiqladi. Futbolchi taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi», — deyiladi «Barselona» bayonotida.
Joriy mavsumda Dani Olmo «Barselona» safida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Izohlar (0)