Rasman! “Barselona” sobiq futbolchisi faoliyatini Isroil klubida davom ettiradi

  • 29 iyun, 2017, 23:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Isaak Kuenka faoliyatini Isroilda davom ettiradi. So‘nggi klubi “Granada” bo‘lgan Kuenka erkin agent sifatida Baer-Shevaning “Xapoel” jamoasi safiga kelib qo‘shildi.

Tecno

“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma tuzdi.

Ma’lumot uchun, Kuenka yakunlangan mavsumda La ligada 25 ta bahs o‘tkazdi va ikkita gol kiritgan bo‘lsada, “Granada”ni elit divizionda qolishini ta’minlay olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!