Rasman! "Bavariya"da ishlari yurishmagan Niko Kovach "Monako" bosh murabbiyi bo‘ldi

  • 20.07.2020 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Kovach "Monako" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, uning so‘nggi ish joyi “Bavariya” klubi bo‘lgan edi. Kovach “Monako”da 7 oy faoliyat olib borgan Roberto Morenoning o‘rnini egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!