
Rasman! "Borussiya D" klubi ustozi jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi
Germaniyaning "Borussiya D" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr yana bir necha yil jamoada qoladigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Lyusen Favr klub bilan 2021 yilning yozigacha shartnomasini uzaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya D" Lyusen Favr qo‘l ostida bu mavsum Bundesligada 76 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar