Rasman! Braziliya bosh murabbiyi JChdan keyin terma jamoani tark etadi

  • 26 fevral, 2022, 00:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Qatardagi Jahon chempionatidan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U mundial oxirigacha terma jamoaga bosh murabbiylik qilishi mumkin.

Tecno

Qayd etilishicha, mutaxassis JChda g‘alaba qozonishni istayapti. Agar u Qatarda zafar qucha olmasa, terma bilan yana tavakkal qilmoqchi emas.

Ma’lumot o‘rnida, asl ismi Leonardo Adenor bo‘lgan Tite “pentakampeonlar“ga 2016 yil bosh murabbiy etib tayinlangandi. Hozirgacha u jamoa bilan bir martadan Kopa Amerikaning oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

2018 yilgi JChda esa Tite boshchiligida Braziliya chorak finalda ishtirokini yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!