Rasman! Bundesligada yana bir iste’fo yuz berdi

  • 04.04.2023 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bruno Labbadia "Shtutgart" bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytish kerakki, nemis mutaxassisi jamoani o‘tgan yilning dekabr oyida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida “Shtutgart” 12 ta o‘yin o‘tkazib, bor-yo‘g‘i bitta g‘alabaga erishdi, mamlakat kubogida "Paderborn" ustidan g‘alaba qozondi. Hozirda Bundesligada «Shtutgart» so‘nggi, 18-o‘rinda bormoqda.

Endi Labbadia o‘rniga jamoani boshqa bir germaniyalik mutaxassis – Sebastyan Xyoness boshqaradi. Uning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

“Shtutgart” yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinini 5 aprel kuni Germaniya kubogi 1/4 finalida “Nyurnberg”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!